OQTOSHDA YIRIK XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI AMALGA OSHIRILMOQDA

Ancha vaqtdan buyon bo‘sh turgan aholi bandligiga ko‘maklashish markazining eski binosi belgilangan tartibda auksion orqali sotilgan edi.

Ayni paytda yirik maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo majmuasida pardozlash ishlari olib borilyapti.

Tadbirkor Sultonbek Rustamov va uning hamkorlari tomonidan tashkil etilayotgan  majmuaning loyiha qiymati 2,9 million AQSH dollararni tashkil etmoqda.

Ushbu loyiha ishga tushishishi bilan 20 nafar fuqaro ish bilan taʼminlanadi.

Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida qurilish obyektida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Shu kabi tashabbuskor tadbirkor Husan Xo‘janov tomonidan 2,5 million AQSH dollari hisobiga stomotologiya va tibbiy markaz barpo qilinmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM