PROFILAKTIK SUHBAT

Taʼqiqlangan o‘simliklarni o‘stirish, parvarishlash jinoyat ekanligi barchaga maʼlum. Shunga qaramay Yangiobod mahallasida yashovchi fuqaro o‘z tomorqasida giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirayotgani aniqlangan. Holat yuzasidan esa belgilangan tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yana bir fuqaro ehtiyotsizlik tufayli yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Natijada bir inson hayotdan ko‘z yumdi.

Bugun fuqarolar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan profilaktik suhbatda ushbu jinoyat ishlari muhokama etildi. Dastlab, masʼul rahbarlar jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar. So‘ng yuqorida qayd etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, oqibati haqida fikrlar bildirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM