MASJIDLARDAGI HOZIRLIK O‘RGANILDI

Sanoqli kunlardan so‘ng musulmon olamining muqaddas bayramlaridan biri – Ramazon oyi keng nishonlanadi.  Ushbu oyni munosib o‘tkazish maqsadida masjidlarda puxta hozirlik ko‘rilgan.

Tuman hokimligining ishchi guruhi mavjud jome masjidlaridagi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, namozxonlar uchun zarur sharoit va qulayliklar, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Bunda asosan, namoz o‘qish joylarining sanitariya-gigiyena talablariga mosligi, masjidlardagi o‘t o‘chirish asboblari, evakuatsiya rejasi, elektr, gaz jihozlarning texnik sozligi o‘rganildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM