XORAZMDA TAJRIBA ALMASHILDI

Davlatimiz rahbarining Xorazm viloyatiga tashrifidan so‘ng, tuman xokimligi va Nuroniylar jamg‘armasi tashabbusi bilan mahallalardagi 50 nafar faollar, nuroniylar hamda "Keksalar maslahat guruhi" aʼzolari ishtirokida Xiva shahriga sayohat tashkil qilindi.

Tashrif avvalida, tumandoshlarimizni Xorazm viloyati hokimi boshchiligida Xiva tumani rahbarlari kutib olishdi.

Dastavval, tarixiy obidalarga sayohat qilgandan so‘ng, tumanimiz guruhi yurtboshimiz tashrif buyurgan Istiqlol mahallasida bo‘lishdi. Bu yerdagi obodonlashtirish, aholi bandligi taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Xonadonlarda tashkil qilingan turli hunarmandchilik sohalari yaxshigina daromad manbaiga aylangan. Xususan, gilam sexi, temirchilik ustaxonasi, bezakli, esdalik sovg‘alari yasash kabi yo‘nalishlarga alohida eʼtibor qaratilgan.

Birgina xonadonning o‘zida issiqxona, baliqchilik hamda parrandachilik bilan shug‘ullanish yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari mahallada yuzlab kitoblarni o‘zida jamlagan kutubxona ham mavjud. Jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ham kameralashtirilgan tizim yo‘lga qo‘yilgan.

Bu singari sayohat va tashriflardan ko‘zlangan maqsad mahalla infratuzilmasini yana-da yaxshilash, obod qilish borasida tajriba almashish hamda ushbu tajribalarni tumanimizda ham tadbiq qilishdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM