NAMUNALI TOMORQACHI

Boymurod Ro‘ziyev Oq oltin mahallasida istiqomat qiladi. O‘z tomorqasidagi issiqxonada ko‘chat yetishtirib sotadi.

Shuningdek, o‘zi ham issiqxonada poliz ekinlari yetishtiradi. Shu bilan birga, issiqxonada gulchilik tashkil qilingan.

Tinib tinchimas Boymurod aka o‘z xonadonida parrandachilikni ham yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari 2020 yilda "Namunali tomorqachi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Hurmatli fuqarolar! Kichik imkoniyat ortidan ham ulkan natijalarga erishish mumkin. Buning uchun faqat chin dildan xohlash va aql bilan mehnat qilish kerak xolos.

Moʻjaz tomorqamizni yaxshigina daromad manbaiga aylantirish o‘z qo‘limizda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM