YERNI BOQSANG, YER SENI BOQADI!

Tumanimizda shunday fuqarolar borki, kichik tomorqasidan ham unumli foydalanib daromad olmoqda.

Qozikent mahallasida istiqomat qiluvchi Bahrom bobo Tillayev xuddi shunday insonlardan. U o‘z tomorqasida 3 sotixli issiqxona barpo qilgan.

Har yili undan 2-3 martagacha hosil oladi. Bahordan kuzga qadar ikki marta poliz ekinlarini yetishtirsa, qishga yaqin to‘qsonbosti ekinlar urug‘larini yerga qadaydi.

Ayni patda bo‘lsa bobodehqon so‘ngi hosilni yig‘ib, yana poliz ekinlari ko‘chatlarini o‘tqazishga hozirlik ko‘rmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM