BIRDAMLIK SAMARASI

Tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, isteʼmolchilar soni tobora ortayotgani sabab Barkamol mahallasidagi aksariyat xonadonlarga elektr energiyasi past kuchlanishda yetib borayotgan edi. Bu esa turli noqulayliklarni keltirib chiqarardi.

Mahalla fuqarolari o‘zlari uchun qulaylik yaratish maqsadida birlashdilar. Mazkur mahallaga hashar yo‘li bilan yangi transformator olib kelib, o‘rnatildi.

Ushbu rejali ishlar tez kunlarda, sifatli holatda yakunlanib, yangi transformator aholi foydalanishi uchun topshirilishi maqsad qilib olingan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM