BAXSHICHILIK BO‘YICHA VILOYAT SEMINARI NARPAYDA BO‘LDI

Samarqand viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari o‘qituvchilarining keng miqyosdagi seminari bo‘lib o‘tdi. Tumanimizda bo‘lib o‘tgan uslubiy kengashda viloyatdagi barcha bolalar musiqa va sanʼat maktablarining direktorlari hamda baxshichilik sinfi muallimlari ishtirok etishdi.

Seminarda 27-son bolalar musiqa va sanʼat maktabidagi baxshichilik sinfi tomonidan namunaviy ochiq dars mashg‘uloti o‘tib berildi.

Shuningdek, Narpay baxshichilik maktabi o‘quvchilari O‘zbekiston xalq baxshisi Islom Shoir Nazar o‘g‘lining dostonlaridan parchalar ijro etishdi.

Seminar so‘ngida tumanimizda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Islom Shoir Nazar o‘g‘lining 150 yillik yubileyiga ko‘rilayotgan tayyorgarliklar bilan tanishildi. Shu bilan birga, tegishli masʼullar tomonidan bu boradagi takliflar bildirib o‘tildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM