NAVRO‘Z MFYDA NAVRO‘Z OLDI ISHLAR BOSHLANDI(MI?)

Bugun ish avvalida tuman hokimi Navro‘z mahallasida bo‘lib, mahallalarda aholi tomorqalarida olib borilayotgan ishlar, obodonlashtirish, hududlarni yashil makonga aylantirish ishlarini yana-da jadallashtirish yuzasidan mahalla yettiliklari va masʼullar bilan zoom platformasi orqali muloqot olib bordi.

Shundan so‘ng, mazkur mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, uy bog‘chalari faoliyati hamda bir qator ijtimoiy soha obyektlarining holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

Shuningdek, aholi tomorqalarida poliz ekinlarini ekish, obodonlashtirish borasida qay darajada ish ketayotgani bilan qiziqib, xonadonlarda bo‘ldi.

Fayzli, obod xonadonlar mahalla ahliga namuna qilib ko‘rsatilgan bo‘lsa, hali-hamon bahorgi ishlar boshlanmagan xonadonlar holati tanqid ostiga olindi.

Tashrif so‘nggida, mahalla hududida nuroniylar, faollar, ko‘chaboshilar bilan uchrashib, yo‘llar cheti, xonadonlar tashqi qismini tartibga keltirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, ichki suv yo‘llarini betonlashtirish ishlari bo‘yicha ishlarni jadallashtirish borasida kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM