#press_tur

Tuman hokimligi va "Navqiron Narpay" gazetasi hamkorligida tumanimizda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan press-tur bo‘lib o‘tdi.

Unda hududlardagi aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlovchi inshootlar, xususan, Barkamol mahallasidagi suv inshooti faoliyatiga nazar solindi.

Shuningdek, press-tur davomida tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari  Dostonbek Ziyodullayev o‘tgan 2023-yilda sohada amalga oshirilgan ishlar, joriy yilda bajarilishi ko‘zda tutilgan ustuvor vazifalar hamda rejalar xususida maʼlumot berdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM