QOZIYOQLI VA YANGIARIQDA HOLAT QANDAY?

Tuman hokimi Qoziyoqli va Yangiariq mahallalarida bo‘lib aholi tomorqasidan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish, joylarda yashil hududlarni tashkil qilish, obodonlashtirish, ichki suv yo‘llarini, tozalash hamda betonlashtirish masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning ahvoli bilan tanishdi.

Shuningdek, ushbu mahallalar fuqarolari bilan yuqoridagi masalalar yuzasidan suhbatlashib, bu boradagi ularning taklif va tashabbuslari bilan qiziqdi. Shu qatorda, tomorqadan unumli foydalanish borasida "Bir mahalla, bir mahsulot" tamoyili asosida ekinlar yetishtirish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, bir qator ijtimoiy soha obyektlari faoliyati, jumladan umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi holat, kommunal sohadagi masalalarni muhokama qilib, zaruriy vazifalarni belgilab berdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM