NARPAYDA CHIGIT EKISHGA KIRISHILDI

Bu yil tumanimiz bo‘yicha 10762 gektar maydonga g‘o‘zaning “Buxoro”, “Sulton” va “Ravnaq” navlari ekilib, parvarishlanishi maqsad qilingan. Shu kunga qadar maydonlarga ishlov berilib, ekish mavsumiga tayyorlab qo‘yildi.

Alisher Navoiy MMTP hududidagi "Ilg‘or O‘roz Shukur" fermer xo‘jaligi dalasida tuman hokimi, sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi masʼullari va fermerlar ishtirokida chigit qadash ishlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Xayrli ishni boshlashdan avval jonliq so‘yib, qurʼon tilovat qilindi. Duoga qo‘l ochganlar yurtga tinchlik, elga omonlik, dehqonchilikka baraka tiladilar.

Seminarda fermerlarga agrotexnik tadbirning asosiy mohiyati, chigit ekish qoidalari, seyalkalarning ishchi organlari joylashuv tartibi va boshqa zarur vazifalar haqida tushunchalar berildi.

So‘ng chigit ekishga kirishildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM