TIBBIY SOHA FAOLIYATI BO‘YICHA PRESS TUR

Tuman hokimligi va "Navqiron Narpay" gazetasi hamkorligida tumanimizda tibbiyot sohasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishish maqsadida press tur bo‘lib o‘tdi.

Press tur ishtirokchilari tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, bemorlarga yaratilgan qulayliklar, shart-sharoitlar hamda zamonaviy texnologiyalar asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishdi.

Tuman hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Samariddin Dagarov sohadagi o‘zgarishlar, xususan, tibbiy sohani aholiga yana-da yaqinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM