OLIY TAʼLIM - TARAQQIYOT TAYANCHI

Har bir davlatning har tomonlama rivojlanishi, taraqqiyotida o‘z sohasining mutaxassislarining o‘rni beqiyos albatta.

Shu bois, yurtimizda yoshlarni oliy taʼlimga jalb qilish va bu orqali xalqimiz uchun xizmat qiladigan yetuk kadrlarni yetishtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan tumanimizda ham, Samarqand davlat chet tillari instituti filialining faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Tuman hokimi mazkur oliy taʼlim dargohida bo‘lib, uning faoliyati, taʼlim berish sifati, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM