"OTANG MIROB BO‘LSA HAM ARIG‘INGNI KOVLA"

Suvni asrab-avaylab, har tomchisining qadriga yetib ishlatishga daʼvat etadigan bu naql bejizga aytilmagan.

Ayniqsa, bugun yildan-yilga sayyoramizda suv tanqisligi kuchayib borayotgan bir paytda suvdan tejab-tergab foydalanish har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Bugun tumanimizda suvdan tejab foydalanish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Masalan, o‘tgan yil davomida tumanimizda 95 kilometr kollektor va 38 kilometr suv yo‘llarida qazish va tozalash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, joriy yilda yana-da samaraliroq ish olib borish ko‘zda tutilyapti.

Bundan tashqari, Hozirga qadar 130 kilometrdan ortiq masofadagi ichki suv tarmoqlari betonlashtirildi.

Hozirda ham bu boradagi ishlar jadal suratda davom etmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM