SAVOBDAN BEBAHRA QOLMANG

Kecha kunning birinchi yarmida tumanimiz bo'ylab bir qator mahallalardagi ko'plab qabristonlarda mahalla raislari boshchiligida savobtalab va saxovatpesha insonlar tomonidan uyushqoqlik bilan hashar ishlari olib borildi.

Ayniqsa, Muqimiy mahallasidagi Imomi Azam, Toshko'prik mahallasidagi Xo'jaqo'rg'on, Tepa mahallasidagi Katta tepa va Narpay mahallasidagi Suyal ota qabristonlaridagi hashar ishlari aholi birdamligi va hamjihatligida jadal suratda hamda ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tganligini ko'rishingiz mumkin.

Bu kabi ezgu ishlar boshqa mahallardagi qabristonlarda ham boshlab yuborilgan.

Barcha fuqarolardan o'z mahallasidagi qabriston, ziyoratgohlar va ularga olib boruvchi yo'llarning tozaligiga befarq bo‘lmasliklariga chaqiramiz!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM