JINOYATLAR - TARAQQIYOT KUSHANDASI

Darhaqiqat, har bir hududda jinoyatchilikni jilovlash, jinoyatga moyil shaxslar bilan alohida ishlash va bu borada tegishli soha vakillarining masʼuliyatini yana-da oshirib borish dolzarb masala hisoblanadi.

Yakunlangan hafta davomida tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan tumanimizda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika ishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan, tuman hokimi sektor rahbarlari va ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi hamda profilaktika inspektorlari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Unda, IIB xodimlari tomonidan xizmat faoliyati davomida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish, jinoyatlarni oldini olish borasida tizimli ishlarni tashkil qilish xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, 2024-yilning o‘tgan 3 oyi davomida tumandagi 43 ta mahallada jinoyat sodir etilmagan ammo, qolgan 14 ta mahallada salbiy holatlar kuzatilayotgani ayniqsa, jinoyatlar soni ortib ketgani bo‘yicha tanqidiy muhokama o‘tkazildi.

Bunda ayniqsa, o‘tgan yilda jinoyat qayd etilmagan ammo, joriy yilning boshidanoq qonunbuzarliklar sodir bo‘layotgan mahallalar masʼullari faoliyati tanqid ostiga olindi.

Sodir etilgan jinoyatlarning aksariyati oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar toifasiga kirishi ham tuman rahbarlarining eʼtiroziga sabab bo‘ldi.

Bu kabi holatlar tegishlilar o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashmagani, jinoyatchilikni oldini olish choralarini ko‘rmagani, aholining jinoyatga moyil qatlami bilan individual ishlamaganining oqibatida ro‘y berayotgani xususida fikr yuritildi.

14 ta mahallada kelgusi bir hafta davomida jinoyatchilikni butunlay oldini olish bo‘yicha mahalladagi barcha faollar va keng jamoatchilik to'liq jalb etiladigan bo'ldi.

Shu kabi, Tortuvli mahallasida tuman hokimi tuman IIB boshlig‘i, tegishli masʼullar, mahalla faollari va nuroniylar  ishtirokida mazkur mahalla hududida sodir etilgan yo‘l transport hodisasi jinoyati ham muhokama etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM