TUMANIMIZ KURASHCHILARI RESPUBLIKA ChEMPIONATIDA BELLASHADI

Yoshlar o‘rtasida sportning erkin kurash turi bo‘yicha Respublika kubogi musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda, tumanimizning bir qator iqtidorli yoshlari ishtirok etib yuqori natijalarni qayd qilishdi.

Jumladan, Jahongir Yo‘ldoshev 70 kilogramm vazn toifasida mutlaq g‘olib deb topilgan bo‘lsa, Sarvar Rustamov 51 kilogramm, Sunnatjon Baxtiyorov esa, 92 kilogramm vazn bo‘yicha 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Shuningdek, yana bir qator tumandoshlarimiz faxrli o‘rinlarni egallab, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ularga omad tilagan holda, jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishining tilakdoshi bo‘lib qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM