“DARAXTGA NAFAS BERING”

Yurtimiz bo‘ylab fuqarolar birlashib daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish va yashil hududlarni kengaytirish borasida keng miqyosdagi ishlarni olib borayotgan vaqtda, tabiat sofligi uchun beminnat xizmat qilayotgan "kislorod ishlab chiqaruvchi" larga zarar yetkazayotgan shaxslar ham uchrab turibdi.

Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan Guliston mahallasida olib borilgan nazorat tadbirlarida daraxtlarga zarar yetkazgan holda tashqi reklama bannerlari, elektr moslamalari hamda tungi yoritgichlar o‘rnatilgan holatlar aniqlanib, joyida bartaraf etildi.

Hurmatli tumandoshlar" Siz ham tabiatga befarq bo‘lmang! Zero, uni asrash uchun barchamiz birdek masʼulmiz!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM