HARBIY POLIGONDA AMALIY MASHG‘ULOT

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish to‘g‘risida"gi 591-sonli qarori ijrosini taʼminlash borasida tumanimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tuman hokimligi hamda tuman Mudofaa ishlari bo‘limi hamkorligida o‘quvchi yoshlar ishtirokida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Markaziy harbiy okrugi poligonida jangovar AK-74 avtomatidan amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari tashkil etilyapti.

Bu galgi mashg‘ulotda, tumanimizdagi 35-28-umumtaʼlim maktablarining o‘quvchilari ishtirok etdi. Ushbu mashg‘ulot davomida yoshlar jangovar o‘q otish bilan tanishish barobarida, AK-74 avtomatiga texnik xizmat ko‘rsatish, to‘liqsiz qismlarga sochish va yig‘ish meʼyorlarini bajarish kabi amallarni ham bajardilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM