NARPAYDA TEKSTIL VA TO‘QIMACHILIK RIVOJLANMOQDA

Xabaringiz bor, joriy xaftada  Davlatimiz raxbari boshchiligida to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish masalasi videoselektor tarzida muhokama etilib, soxa rivoji uchun bir qator aniq maqsadlar belgilab berilgan edi.

Bu borada tumanimizda ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi yillarda tumanimizda birin-ketin yangidan tashkil qilinayotgan tikuv-trikotaj sanoati korxonalari nafaqat respublika balki xalqaro bozorlarda munosib o‘rin egallab bormoqda.

Tuman hokimi tuman prokurori hamrohligida ishga tushirilishi kutilayotgan tadbirkorlik subyektlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastlab, umumiy quymati 4 mln.dollarlik sinov tariqasida ish boshlayotgan “Narpaytex” MCHJga qarashli tikuv fabrikasini ish jarayonini ko‘zdan kechirishdi hamda so‘nggi tayyorgarlik ishlarini yakunlash va rasman ish faoliyati boshlanishi muddatlari belgilab olindi.

Shundan so‘ng, Oqtosh shahridagi yirik eksportyor "Maroqand sifat" MCHJ paxta-to‘qimachilik klasteri korxonasining yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilgan loyihasining modernizatsiyalash jarayoni bilan tanishildi. Yillik eksport hajmini 15,0 mln.dollarga yetkazish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish maqsadida korxonaga bir oy muddat ichida 350 ming dollar horijiy investitsiya asosida yangi asbob-uskunalar olib kelinadi.

Bunda tashqari, ushbu jamiyat va tuman hokimligi hamkorligida korxonada umumiy qiymati 1,6 mln.dollarlik tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilishi boshlandi va ikki oy ichida yana 150 nafar tumanimiz xotin-qizlariga ish o‘rinlari yaratiladi (tumanda soxadaga ish o‘rinlari bilan band axoli soni 3500 nafarga yetkaziladi).

O‘rganish jarayonida soha masʼullarga ushbu yangi loyihani ishga tushishini tezlashtirishda korxonaga ko‘maklashish va ishchi-xodimlarga munosib sharoit yaratgan holda ish jarayonini 2-3 smenada olib borib, asosiy maxsulotlarni eksportga yo‘naltirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM