YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

Tumanimizda yoshlarning madaniy hordiq chiqarishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Nog‘oraxona mahallasi hududida “Yoshlar sayilgohi” tashkil qilingan.

Shuningdek, Oqtosh mahallasi hududida ham, “Kreativ park” hamda “Yoshlar ijod ko‘chasi” bunyod etildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari S.Dagarov sayilgohda yoshlar bilan uchrashib, yaritilayotgan qulayliklar va berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish lozimligi xususida so‘z yuritdi.

Endilikda yoshlarimiz mazkur maskanlarda bepul Wifi hamda ochiq osmon ostida tashkil etilgan kutubxonadan foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, maxsus yo‘laklarda skeytbord uchish va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM