Янгиликлар

“ZAKOVAT”LI OTINOYILAR

Tumanda faoliyat yuritayotgan OTINOYILAR o‘rtasida ilk marotaba “Zakovat” uyini tashkil etildi. Unda OTINOYILAR uchta jamoa bo‘lib, o‘zaro bellashdilar. 

Savollar asosan, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Baxtiyor oila" kitobidan tuzildi. 

HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Tuman hokimi tegishli tashkilotlar mutasaddilari hamrohligida Dedan mahallasida yashovchi uyushmagan yoshlar muammolarini o‘rgandi.

Hokim va yoshlar uchrashuvida tadbirkorlik uchun yer, kredit, shu kabi taʼlim krediti ajratishda amaliy yordam, bandlik masalalarida murojaatlar tushdi. 

HURMATLI HAMYURTLAR!

Maʼlumki, “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Ertaga – 2 iyul kuni soat 19:00 da “Yoshlar” istirohat bog‘ida ushbu shior ostida gala-konsert o‘tkaziladi. Konsertda xalqimizning taniqli sanʼatkorlarining kuy va qo‘shiqlaridan bahramand bo‘lasiz.

MAKTAB ATROFI DEVOR BILAN O‘RALDI

Ko‘k ota mahallasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Ochiq byudjet” (openbudget.uz) axborot portalida 11-umumtaʼlim maktabi hovlisi atrofini devor bilan o‘rash bo‘yicha joylashtirgan taklifi g‘olib, deb topilgan edi.

Shartnomaga asosan, 156,5 million so‘m mablag‘ evaziga maktab atrofiga devor o‘raldi.
__________

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM