Доимий комиссиялар рўйхати

QAROR  LOYIHASI

 

VI-38-29-7-98-K/21-son                                                      _2__-__Октябрь________ 2021-yil

 

 

Xalq deputatlari Narpay tuman Kengashining doimiy komissiyalari va ularning tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19-, 24-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi SQ-360-IV-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi

 

QAROR   QILADI:

 

1. Xalq deputatlari tuman Kengashining quyidagi doimiy komissiyalari tuzilsin:

Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi;

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi;

Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi;

Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi;

Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi;

Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi;

Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha doimiy komissiyasi;

Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi.

2. Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari tarkibi 1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-, 8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

3. Xalq deputatlari tuman Kengashining mazkur qarori qabul qilinishi munosabati bilan tuman Kengashining 2020-yil 15-yanvardagi 07-01-sonli “Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish, komissiya a’zolari va rahbarlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (R.Sattarov) hamda tuman Kengashi kotibiyati (B.Orziqulov) zimmalariga yuklatilsin.

 

 

Kengash raisi                                                                  Sh.Rahmanov

 

 

 

Xalq deputatlari tuman Kengashining

2021-yil 30-sentabrdagi ______-sonli qaroriga

1-ilova

 

Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

TARKIBI

 

Komissiya raisi

Davurov Abror Yarkulovich

-

5-Beshqozoq okrugidan saylangan deputat, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand viloyati boshqarmasi Narpay filiali boshkaruvchisi o‘rinbosari-Bekofis boshlig‘i

Komissiya kotibi

Norqulov Bahron Umarovich

-

12-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani 27-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi

Komissiya a’zolari

Yoriyeva Zargul Xoliqulovna

-

23-Yangiariq saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani 26-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori

Shodiyev Bektosh Mamarayimovich

-

2-Charxin saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

 

 

 

Xalq deputatlari tuman Kengashining

2021-yil 30-sentabrdagi ______-sonli qaroriga

2-ilova

 

 

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi

TARKIBI

 

Komissiya raisi

Sharipov Usmon Baxtiyorovich

-

26-Navro‘z saylov okrugidan saylangan deputat, “Nuroniy” jamg‘armasi Narpay tuman bo‘linmasi a’zosi, Mehnat faxriysi

Komissiya kotibi

Botirov Nuriddin Mehriddinovich

-

17-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani suyultirilgan gaz ta’minoti etakchi muhandisi

Komissiya a’zolari

Esanova Hilola Usmonovna

-

19-Qorasiyroq saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani 52-umumiy o‘rta ta’lim maktab tarix fani o‘qituvchisi

Raxmonova Nasiba Abdunazarovna

-

24-Xalqobod saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani 64-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

 

 

 

Xalq deputatlari tuman Kengashining

2021-yil 30-sentabrdagi ______-sonli qaroriga

3-ilova

 

Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

TARKIBI

 

Komissiya raisi

Samadov Shuhrat Jo‘raqulovich

-

7-Xo‘jaqo‘rg‘on saylov okrugidan saylangan deputat, Tuman hokimining o‘rinbosari-Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i

Komissiya kotibi

Suyarqulova Muqaddas Xudoyarovna

-

25-Oqtosh saylov okrugidan saylangan deputat, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi

Komissiya a’zolari

Xasanov Bozor Sobirovich

-

18-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay xizmat ko‘rsatish texnikumi o‘qituvchisi

 

Daminova Zuxra Raxmatullaevna

 

21-Alisher Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani 33-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori

 

 

 

Xalq deputatlari tuman Kengashining

2021-yil 30-sentabrdagi ______-sonli qaroriga

4-ilova

 

Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

TARKIBI

 

Komissiya raisi

Aliev Obid Usmanovich

-

27-Islomobod saylov okrugidan saylangan deputat, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i

Komissiya kotibi

Usmanova Sojida Imomovna

-

11-Narpay saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

Komissiya a’zolari

Qurbonov Otabek Abduraxmonovich

-

4-Yangiqo‘rg‘on saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

Nazarova Maqsuda Haydarovna

-

29-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani tibbiyot birlashmasi Yuqumli kasalliklar bo‘limi bosh vrachi

 

Xalq deputatlari tuman Kengashining

2021-yil 30-sentabrdagi ______-sonli qaroriga

5-ilova

 

Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

TARKIBI

 

Komissiya raisi

Razikov Qaxramon To‘xtaevich

-

3-Haqiqat saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani “Narpay Standart qurilish” xususiy korxonasi rahbari

Komissiya kotibi

Yangiboyev G'ayrat Eshmamatovich

-

8-Totkent saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tuman o'simliklar karantini bo'limi boshlig'i

Komissiya a’zolari

Sattarov Jamshid Shokirovich

-

14-Toshrabod saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limiboshlig‘ining agrotexnologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Maxamadiev Karim Erdonovich

-

6-Oqoltin saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani “Toshko‘prik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

 

 

Xalq deputatlari tuman Kengashining

2021-yil 30-sentabrdagi ______-sonli qaroriga

6-ilova

 

Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi

TARKIBI

 

Komissiya raisi

Haqberdiev Sodiq Sayfiddinovich

-

20-Dedan saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani “Paxtakor” fermer xo‘jaligi raisi

Komissiya kotibi

Dulanov Erkin Ishmurodovich

-

16-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Narpay tuman Kengashi raisi

Komissiya a’zolari

Xaydarova Zaynab

-

10-Mang‘it saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani “Mehnat Rohat” fermer xo‘jaligi raisi

Eshquvvatov G‘ofir Ortiqovich

-

9-Zarafshon saylov okrugidan saylangan, Narpay tumani “Oyto‘la” fermer xo‘jaligi raisi

 

 

Xalq deputatlari tuman Kengashining

2021-yil 30-sentabrdagi ______-sonli qaroriga

7-ilova

 

 

 

Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha doimiy komissiyasi

TARKIBI

Komissiya raisi

Jabborov Saidmurod Quvondikovich

-

22-Tortuvli saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

 

Komissiya a’zolari

Yusupova Hamida G‘afforovna

-

13-Bolg‘ali saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani “Hamida Yusupova” fermer xo‘jaligi raisi

Shukurova Ruqiya

O‘rozovna

-

30-Muqimiy saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

 

 

Xalq deputatlari tuman Kengashining

2021-yil 30-sentabrdagi ______-sonli qaroriga

8-ilova

 

Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya

TARKIBI

Komissiya raisi

Sattarov Raxim

Qayumovich

-

28-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Narpay tumani kengashi raisining 1-o‘rinbosari-apparat rahbari

Komissiya kotibi

Shukurova Ruqiya

O‘rozovna

-

30-Muqimiy saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

Komissiya a’zolari

Yusupova Hamida G‘afforovna

-

13-Bolg‘ali saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani “Hamida Yusupova” fermer xo‘jaligi raisi

Yorieva Zargul

Xoliqulovna

-

23-Yangiariq saylov okrugidan saylangan deputat, Narpay tumani 26-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori

 

 

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM