BUGUN BIRINCHI SEKTORDAGI KO‘PLAB SOHALAR O‘RGANILDI
26.09.2023 - 20:19Tuman hokimi birinchi sektor hududidagi turli sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Нарпай туман ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
Tuman hokimi birinchi sektor hududidagi turli sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Viloyat IIB masʼullari va tuman ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati profilaktika inspektorlari tomonidan tumandagi Probatsiya nazoratida turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish borasida bir qator chora tadbirlar amalga oshirilyapti.
Sportning futbol turi bo‘yicha, viloyat 2-liga bosqichi turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Turnir natijalariga ko‘ra tumanimizning "Zirabuloq" jamoasi, Ishtixon tumanining “Omad” jamoasi ustidan 4-0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Tumanimizda fuqarolar bandligini taʼminlash maqsadida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalaniladigan yer maydonlari aholiga auksion savdolari orqali ajratilgan.
Tumanimiz bo‘ylab mahallalar ichki yo‘llari turli tashabbus va loyihalar asosida birma-bir asfaltlanyapti. Ravon va tekis ko‘chalar obod mahallalar ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib bormoqda.
Ayni paytda, Toshko‘prik mahallasi ichki yo‘lining 1 kilometrdan ortiqroq qismiga "Mening yo‘lim" loyihasi doirasida asfalt qoplamasi yotqizilyapti.