Янгиликлар

HAVO TARMOQLARI TORTILMOQDA

Tumanimizda aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Shu kecha-kunduzda “Ipak yuli” mahallasida tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan 2 ta qo‘shimcha transformator o‘rnatildi. Shu kabi 113 dona beton ustunlar tiklanib, 4320 metr havo tarmoqlari tortilyapti.

QO‘LI GUL HUNARMAND

“Zirabuloq” mahallasida yashovchi Gulchehra opa Egamova mana ikki yildirki Respublika hunarmandlar uyushmasi Narpay tuman bo‘limi aʼzosi hisoblanadi.

Ajratilgan subsidiya mablag‘lari hisobiga tikuv mashinasi sotib olgan hunarmand opa milliy liboslar tikish va sunʼiy bezaklar yasash bilan shug‘ullanadi.

PRESS TUR

Tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan mahalliy jurnalistlar ishtirokida navbatdagi press-tur tashkil etildi.

Bu galgi press-turda jurnalistlar Muqimiy hamda Tepa mahallalari hududida joylashgan kichik sanoat zonalarida hamda tumandagi korxonalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan atroflicha tanishdilar.

HUSHYORLIK DAVR TALABI

Mirbozor bozori Respublikamizning eng hamyonbop savdo markazlaridan biri hisoblanadi.

Bugun rastalarda xaridorlar o‘zlariga  zarur mahsulotni topishi qiyin emas. Barcha turdagi sotuvchilar savdo-sotiq orqali daromad olishadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM