HAVO TARMOQLARI TORTILMOQDA
15.06.2023 - 19:07Tumanimizda aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash borasida qator ishlar olib borilmoqda.
Shu kecha-kunduzda “Ipak yuli” mahallasida tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan 2 ta qo‘shimcha transformator o‘rnatildi. Shu kabi 113 dona beton ustunlar tiklanib, 4320 metr havo tarmoqlari tortilyapti.