Янгиликлар

“MOʻJIZA”NING FAOLIYATI KENGAYDI

Yosh tadbirkor Sarvar Xushiyev “Moʻjiza” suv ishlab chiqarish sexi faoliyatini yana-da kengaytirdi. U har xil turdagi suv va salqin ichimliklar ishlab chiqarish hamda qadoqlashni yo‘lga qo‘ydi. Buning uchun yangi dastgohlar keltirildi, ishga tushirildi.

Bugun Sarvar viloyatimizda kuchli uchtalik suv ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar safidan joy oldi.

#Munosabat

“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida namoyish etilgan lavhada Narpay tumani Do‘stlik mahallasidagi Oltiqush qishlog‘i ahli 2022 yilda “Tashabbusli byudjet” orqali yo‘lni asfaltlash loyihasini yutib olgani, 2023 yil 21 mart oyigacha ushbu loyihani amalga oshirish vaʼdasi berilgani, ammo hanuzgacha ishlar chala tashlab ketilgani haqida so‘z borgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM