Янгиликлар

ESHITMADIM DEMANGLAR...

Aziz Narpayliklar va tumanimiz mehmonlari!

Shu yil 15 fevraldan buyon tuman bo‘ylab “Axror darboz” MCHJ tomonidan milliy sirk tomoshalari o‘tkazilmoqda. Ayni paytda sirk tomoshalari Mirbozor qo‘rg‘onidagi avtoturargoh yonida davom etmoqda. 

SUV YO‘LI TOZALANMOQDA

Qozoqariq kanali orqali tumanimizning 3327 gektar ekin maydoni sug‘oriladi. Shu kunlarda ushbu suv yo‘li maxsus texnikalar yordamida qazilmoqda.

-Maroqandsifat- MCHJning irrigatsiya bo‘limi tomonidan kanalning 19,4 kilometri tozalanishi rejalashtirilgan. Ayni paytda 10 kilometrdan ortiq suv yo‘li qazib bo‘lindi, hisob.
_________

TAYINLOV

Boboqulov Jasurbek Rustamovich –“O‘zsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati “Samarqand suv taʼminoti” MCHJ rahbarining buyrug‘iga asosan, Samarqand suv taʼminoti masʼuliyati cheklangan jamiyatining Narpay tumani filiali boshlig‘i etib tayinlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM