PROFILAKTIK SUHBAT
09.02.2023 - 18:19Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan 13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida Amir Temur hamda Tinchlik mahallasi ahli o‘rtasida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Нарпай туман ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan 13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida Amir Temur hamda Tinchlik mahallasi ahli o‘rtasida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Narpaylik bir guruh faollar shoir ijodiga yana bir karra nazar soldilar.
Ular Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida bo‘lib, Navoiyning "Sabʼai sayyor" dostoni asosidagi "Bahrom va Dilorom" spektaklini maroq bilan tomosha qilib qaytishdi.
_______
“Qahramon” bazmgohida sektor rahbarlari va quruvchilar, masʼul mutaxassislar ishtirokida seminar o‘tkazilmoqda.
Seminarda fuqarolarga subsidiya yoki imtiyozli kreditlar asosida uy-joylar olish tartibi, tadbirkor quruvchilar tomonidan qurilgan uylarga ega bo‘lish haqida to‘liq tushunchalar berilyapti.
__________
9 fevral – Buyuk mutafakkir, sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Oqtosh shahri markaziga o‘rnatilgan ulug‘ shoirning byusti atrofida barcha jam bo‘ldi.
Korxona, tashkilot hamda muassasalar rahbarlaridan xodimlarigacha saf tortishib, buyuk siymo poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.
______________
Piyodalar ishtirokida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tuman IIB YHXB va profilaktika inspektorlari, milliy gvardiya xodimlari hamkorligida tungi reydlar, profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.