SARISHTALI XONADONLAR
16.10.2021 - 09:40Tuman hokimi va tuman prokurori Istiqlol mahallasida yashovchi aholi xonadonlarida bo‘ldilar. Odamlarning turmush tarzi, yashash sharoiti o‘rganildi.
Нарпай туман ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
Tuman hokimi va tuman prokurori Istiqlol mahallasida yashovchi aholi xonadonlarida bo‘ldilar. Odamlarning turmush tarzi, yashash sharoiti o‘rganildi.
Viloyat hokimligi hamda Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan Narpay tuman madaniyat bo‘limiga qarashli madaniyat markazlariga 20 ta doira, 15 ta rubob, 10 ta dutor tarqatildi.
Yosh avlod uchun keltirilgan yangi musiqa asboblari madaniyat xodimlarining yana-da shijoatli ishlashga undamoqda.
________
Tuman hokimligi va sektor rahbarlarining tashabbusi bilan saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan tumandagi 100 ta nochor oilaga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Besh turdagi zаrur mahsulotlar bilan taʼminlangan fuqarolar juda mamnun.
________________
Obihayot mahallasida tuman prokurori J.Bozorov, tuman hokimi o‘rinbosari T.Ashurov hamda masʼul tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan kadastr, kredit, bandlik masalalarida murojaatlar tushdi.
18 oktyabr – “Samarqand shahri kuni” munosabati bilan shu yilning 15-19 oktyabr kunlari Samarqand shahridagi “Marmar dehqon bozori”da “Tabiat saxovati” nomli yarmarka o‘tkazilmoqda.
Ushbu yarmarkada Narpay tumanining usta dehqonlari ham o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan qatnashishmoqda.
___________