Янгиликлар

“QALTIS QADAM”

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, Kattaqo‘rg‘on drama teatri bilan hamkorlikda tumandagi Prezident maktablari Agentligi tizimidagi Narpay ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari uchun “QALTIS QADAM” nomli spektakl namoyish etildi.

YOSHLAR BILAN SAMIMIY SUHBAT

2-son kasb-hunar maktabi binosida "Tuman hokimi va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan davra suhbati davomida, tumanimizning ilg‘or va o‘z ustida ishlaydigan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan bir qator yoshlar ham ishtirok etdi.

OZODALIK SOG‘LIK TAYANCHI

Shu kunlarda tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan "Mirbozor bozori" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bozorda tashkil qilingan "Arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari" savdo yarmarkasidagi sanitariya-gigiyenik holat yuzasidan o‘rganishlar olib borilyapti.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM