Янгиликлар

ISHCHI GURUH TUZILDI

Tumanda muammoli kreditlarni undirish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirildi. Ishchi guruh aʼzolari joylarda xonadonma-xonadon yurib, to‘lov muddati kechikib ketgan kreditlarni belgilangan tartibda undirish bilan birga, o‘z vaqtida qaytarilgan to‘lovlar boshqa bir fuqaroning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish uchun asqotishi haqida qarzdorlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishadi.

TUG‘ILGAN KUNINGIZ BILAN

Bugun Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tavallud topgan kun. Erkinjon Turdimov  1969 yilning 10 iyulida Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan.

Erkinjon Turdimov  2008-2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2016-2018 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2006 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

BO‘Sh ISH O‘RINLARI YARATISH LOZIM

Tuman hokimining o‘rinbosari Xushnud Jumanov Charxin mahallasi hududidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rgandi. Tadbirkorlar bilan suhbat chog‘ida ishlab chiqarishni kengaytirish orqali bo‘sh ish o‘rinlari yaratish borasida tavsiyalar berildi. 

Shu kabi xizmat ko‘rsatish sohasida ish boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan ham suhbat olib borildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM