Янгиликлар

“Yoshlar kitob olami”da

 Joriy yilning 18 iyun kuni tuman hokimining maslahatchisi S. Dagarov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari A. Bobojonov tumandagi “Yoshlar kitob olami”ga tashrif buyurishdi va bu yerda tashkil qilingan to‘garak faoliyati bilan tanishdi.

“PIYODA BESh MING QADAM”

“Iymon” mahallasi ahli tomonidan “Piyoda besh ming qadam” shiori ostida marafon o‘tkazildi. Ushbu marafonda uyushmagan yoshlar, faol fuqarolar, umumtaʼlim maktab yoshidagi o‘g‘il-qizlar ham ishtirok etdilar.

Marafondan so‘ng sport mashqlari bajarildi.
__________

Муносабат

БОҒЧА ИШГА ТУШИРИЛАДИ

Ижтимоий тармоқда, аниқроғи Ҳаёт Самарқандий каналида “1 июнь санасида топширилиши керак бўлган боғча нега топширилмади?” сарлавҳа остида хабар тарқалди. Унда “Нарпай” маҳалласи ҳудудидаги 31-мактабгача таълим ташкилоти шу йилнинг 1июнида фойдаланишга топширилиши режалаштирилган бўлсада, ҳали-ҳамон боғча ишга туширилмаганлиги баён этилган.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM