“Mahallabay”tizim

XONADONMA-XONADON YURIB...

“Salovat” mahallasida “Mahallabay” tizimda ish boshlandi. Bugun tuman hokimi mahalla ahli ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, tizimli ish boshlanishi oldidan mahalla fuqarolari tomonidan 82 ta muammoli masala ko‘tarilgan. Qabul jarayonida ham elektr energiyasi uchun to‘lovlarda kuzatilayotgan chalkashliklar, ko‘chalarga tungi yoritgichlar o‘rnatish va boshqa masalalarda murojaatlar tushdi. Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Qabuldan so‘ng tizimli ishga kirishildi. Tuman tashkilotlari rahbarlari xonadonma-xonadon yurib, fuqarolarning muammolarini o‘rganib, ularga yechim topish choralarini ko‘rishmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM