Faxr

NARPAYDA DAVLAT TILI USTUVORLIGI TAʼMINLANGAN

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tilini targ‘ib qiluvchi ijodiy izlanishlarni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi yig‘ilish bayoni ijrosi yuzasidan tanlovning birinchi yo‘nalishi bo‘lib o‘tdi.

“Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud (mahalliy ijro etuvchi tuman, shahar hokimliklari)” yo‘nalishidagi viloyat bosqichida Narpay tuman hokimligi birinchi o‘rinni egallab, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Bu esa tumanda davlat tilida to‘g‘ri va to‘liq ish yuritilayotgani, OAVning lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tganligi hamda boshqa yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlarning samarasidir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM