Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?

XO‘JAQO‘RG‘ON MAHALLASI

Xo‘ja – musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan imtiyozli tabaqa. Xo‘jalarning kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Baʼzi maʼlumotlarda xo‘jalar dastlabki to‘rt halifa – Abu Bakr, Umar, Usmoniy va Alining avlodlari deyilsa, boshqa manbalarda arablarning istilochilik yurishlarida boshchilik qilgan sarkardalarning avlodlari, deb hisoblanadi.

Xo‘jalar – islomda oqsuyaklar tabaqasi sifatida Sayidlardan keyin turib, maʼlum imtiyozlarga ega bo‘lganlar.

Mamlakatimizning bir qancha joy nomlari xo‘ja so‘zi asosida vijudga kelgan. Jumladan, Farg‘ona viloyatining Oltiariq, Namangan viloyatining Uychi, Kosonsoy, Navoiy viloyatining Qiziltepa, Qashqadaryo viloyatining Koson, Samarqand viloyatining Narpay, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanlarida qishloq va mahallalarga Xo‘jaqo‘rg‘on nomi berilgan. Xo‘jalar muqim yashab qolgan hududlar Xo‘jaqo‘rg‘on deb atalgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM