Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?

RABOT OLCHIN MAHALLASI

O‘rta asrlarda arablarning mustahkamlangan qarorgohi – Rabot deyilgan. Tarhi to‘rtburchak, devorlarida minoralari bo‘lgan. Dastlab (Islom dini tarqala boshlagan davrda) g‘oziylarga mo‘ljallab qurilgan maxsus bino. Keyinchalik Rabot faqat qo‘rg‘on, istehkom maʼnosidagina emas, balki mehmonxona (karvonsaroy) mazmunida ham tushunilgan. 

Olchin, alchin — bir qancha turkiy xalqlar tarkibiga kirgan yirik qabila ittifoqi. Olchinlar qadimiy turkiy xalqlardan bo‘lib, milodning boshlarida Oltoyda va Irtish daryosi yaqinidagi cho‘llarda yashaganlar. Keyinchalik Turk xoqonligi, Kimaklar davlati, qipchoqlar ittifoqi va boshqalar tarkibida bo‘lgan. 

Hozirgi Rabot Olchin mahallasi hududida qadimda qo‘rg‘on mavjud bo‘lib, unda Olchinlar yashagan, degan taxminlar bor.  Mahallaning nomlanishi esa shu yerdagi yirik qishloq – Olchin nomi bilan bog‘liq.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM