“HAR BIR NURONIY – BESH NAFAR YOSHGA MURABBIY”

Prezidentimiz rahbarligida 2021 yil 19 yanvar kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan majlisida berilgan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizda "Har bir nuroniy - besh nafar yoshga murabbiy" tamoyili asosida  nuroniylarni yoshlarga biriktirish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi.

Hayoti yoshlarga ibrat bo‘ladigan keksa avlod vakillarining har biri mahallalar kesimida besh nafar tarbiyasi og‘ir, maʼnaviy ko‘makka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlarga murabbiy etib biriktirildi.

Viloyat  “Nuroniylar” jamoatchilik  kengashi raisi Saidahmad Usmonov, tuman hokimi Sherzod Rahmonovlar Nuroniylar maskanida yig‘ilgan murabbiy otaxon va onaxonlar bilan uchrashdilar. Kelajagimiz vorislari bo‘lmish yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solishda keksalarning hayot tajribasi qo‘l kelishi, bu borada avvalo, ularni tushunish, maʼnaviyatini shakllantirish lozimligi taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM