YANGILIKLARDAN FUQAROLARNI VOQIF ETISH MAQSADIDA

Tuman byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan barcha mahallalarda maʼlumotlar burchagi tashkil etildi. Bunda  tizimda bo‘layotgan yangiliklardan fuqarolarni muntazam xabardor qilish nazarda tutilgan. 

Shu kabi har bir mahallaga masʼul xodim biriktirilib, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganib, ularni qiziqtirgan savollarga to‘liq javob berish uchun murojaatlarni qayd etish kitoblari ham joriy qilindi.

 Ishonch telefonlari raqamlari binolarning kirish qismlariga o‘rnatildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM