OVCHILIKNING O‘Z QOIDALARI BOR

Shu kunlarda, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshlig‘ining topshirig‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, tuman nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari Kattaqo‘rg‘on suv omborining ov qilish hududida kuzatuv reyd tadbirlarini o‘tkazishmoqda.

Tadbir jarayonida Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro K.B va B.Nlar ov yo‘llanmalarining tegishli ustunlarini to‘ldirilmasdan ov qilishayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Shu bois ushbu fuqarolarning har biriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, yaʼni 1 million 350 ming so‘mlik  jarimalar belgilandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM