15 oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni

XOTIN-QIZLARGA SOVG‘ALAR ULASHILDI

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabrdagi yig‘ilishida qishloq ayollarining, shu jumladan, tub aholining qishloq xo‘jaligini va qishloq tumanlarini rivojlantirishni jadallashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq joylarda kambag‘allikni yo‘qotishdagi roli tan olinib, 15 oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida rasman eʼlon qilingan. Ushbu bayram ilk marta 2008 yil 15 oktyabrda nishonlangan. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida keng nishonlanib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan tuman hokimligi hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi vakillari paxta yig‘im-terimida qatnashayotgan ayollar bilan uchrashdi. Ularni bugungi sana bilan tabriklab, sovg‘alar ulashdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM