YANA BIR FERMER XO‘JALIGIDA REJA UDDALANDI

“Kamchatka qo‘rg‘oni” fermer xo‘jaligi aʼzolari davlatga paxta topshirish shartnoma-rejasini ortiq-osha uddaladilar.

Bugun tuman hokimi, prokuror va qishloq xo‘jalik sohasi masʼullari hamrohligida ushbu fermer xo‘jaligi dalalarida bo‘lib, mavsum ishtirokchilarini tabrikladi. Fermer xo‘jaligi aʼzolari hamda hasharchi terimchilar uchun dasturxon yozilib, tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan diltortar kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Ilg‘or terimchilarga qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM