“XO‘JAKORZON” MFY YANGI BINODA ISH BOSHLADI

Xo‘jakorzon mahallasining maʼmuriy binosi davlat xususiy sherikchilik asosida bunyod etildi. Shinam binoda to‘rtta xizmat xonasi va bitta yirik zal tiklandi.

Bugun ushbu inshootning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi, prokuror va masʼullar, nuroniylar, mahalla faollari qatnashdilar.

Tantanali marosimda tuman hokimi aholini yangi barpo qilingan mahalla binosi bilan qutladi. Hududdagi 22-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar esa davraga fayz kiritdi.

So‘ng mahalla binosi tantanali tarzda ochildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM