QISHLOQ KO‘CHALARINI KEZIB...

Tuman hokimi Do‘stlik mahallasida yashovchi aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolarning muammolari, takliflarini o‘rgandi.

O'nga yaqin ko'chalarda xonadonma-xonadon yurish davomida mahallaning yoshi ulug‘ onaxonlariga duch kelgan tuman rahbari ular bilan suhbatlashdi. Har so‘zida shukronalik, yuzlarida ko‘tarinkilik ufurib turgan momolar yurtga omonlik, elga farovonlik tilab duoga qo‘l ochdilar. Onaxonlarning har biriga sovg‘alar ulashildi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi mahallada to‘y bo‘layotgan xonadonda mehmon bo‘ldi. To‘y egalarini baxtli onlar bilan tabrikladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM