TIL BAYRAMI NISHONLANDI

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tumanda katta bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir avvalida yig‘ilganlarni tuman hokimi Sherzod Rahmonov til bayrami bilan tabrikladi. O‘zbek tilini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator pedagoglarni tuman hokimligining faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismiga navbat berilib, bunda tuman madaniyat bo‘limi xodimlari va umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari tomonidan yaratilgan sahna ko‘rinishlari, sheʼr, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM