Seminar

“YER HAYDASANG KUZ HAYDA...”

Xalqimizda “Yer haydasang kuz hayda – kuz haydamasang yuz hayda” degan naql bor. Buning maʼnosi esa vaqtida shudgorlanmagan dalani keyinchalik yuz marta haydasang ham foydasi yo‘q, deganidir.

Ayni paytda takroriy ekindan bo‘shagan maydonlarda kuzgi shudgorlash ishlari boshlandi. Shu bois bugun birinchi sektor hududidagi “Erkin hosilot” fermer xo‘jaligi dalasida kuzgi shudgorlashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda қишлоқ xo‘jaligi mutasaddilari fermerlarga sifatli shudgorning ahamiyati, agrotexnikasi haqida batafsil tushuncha berdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM