MUROJААT

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida “Narpaytuman gaz” gaz taʼminoti boʼlimi fuqarolardan gaz plitalari, isitish va issiq suv uskunalari, dudboʼronlardan foydalanishdan oldin ularni koʼrikdan lozimligi haqida ogohlantiradi.

Hurmatli hamyurtlar! Shuni yodda tutingki, is gazidan zaharlanish, yongʼinlar, gaz-havo aralashmasi va boshqa shunga oʼxshash hodisalar bilan bogʼliq favqulodda holatlar koʼpincha qoʼlbola isitish moslamalari (Raketa pechkasi, qozonli pechka) shuningdek, binolardagi havo kirish-chiqish tizimidagi nosozliklar tufayli sodir boʼladi.

Xalqimizdan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʼlish, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qattiq rioya etishlari lozimligini soʼraymiz.

Аgar sizda gaz taʼminoti bilan bogʼliq muammolar yuzaga kelsa 104 avariya-dispetcherlik xizmatiga, tuman gaz taʼminoti boʼlimining 66-432-16-63 telefon raqamlariga qoʼngʼiroq qiling!

Narpay tuman gaz taʼminoti boʼlimi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM