NARPAYDA ZAMONAVIY IT MARKAZI ISH BOSHLADI

61-umumtaʼlim maktabida IT park hamda tuman hokimligi hamkorligida raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

Ushbu markazda kompyuter savodxonligi, Fronten va Web dasturlash, mobil ilovalar, shu kabi mobil robototexnika kurslari faoliyat olib boradi.

O‘quv kurslarida 9 yoshdan oshgan o‘quvchilar taʼlim olishlari mumkin. Markaz 80 kishini o‘qitish imkoniyatiga ega.

Ochilish marosimida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov, tuman hokimi Sherzod Rahmonovlar ishtirok etdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM