NARPAYDA KINO SURATGA OLINMOQDA

Tumanimizdagi 43-umumtaʼlim maktabi binosida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, Yoshlik kinostudiyasi byurtmasiga asosan, “Jurʼat”, deb nomlangan qisqa metrajli film suratga olinmoqda.

Film ssenariy muallifi va rejissyori Murod Turdiyev asli Narpay farzandi. Shu bois filmni suratga olish joyi aynan Narpay tumani tanlangan bo‘lsa ajabmas.

Filmda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Baxtiyor Rahimov, taniqli aktyorlar Xurshid To‘xtayev, Zufar Raimov, Otabek Haqberdiyev va boshqalar suratga tushishmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM